Pasning otasi: «Komo» — Niko uchun eng yaxshi variant»

«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pasning otasi Pablo Pas futbolchining Italiyada qolish qaroriga munosabat bildirdi.
Avvalroq «Real» Pasning shartnomasidagi 9 million evrolik qayta sotib olish bandini faollashtirgani, biroq keyinroq futbolchini yana «Komo»ga 60 million evro evaziga sotib yuborgani ma'lum bo'lgan edi.
— «Komo» — u uchun eng yaxshi variant. Niko «Komo» tarkibida Chempionlar ligasida o'ynashni juda ham xohlagandi. Biz bu tanlovdan juda xursandmiz. Shunga qaramay, «Real» keyingi yilda Nikoni qayta sotib olish huquqini o'zida saqlab qolgan, — dedi Pablo Pas Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
Yakunlangan mavsumda 21 yoshli Pas barcha turnirlarda jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Komo» Italiya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumini to'rtinchi o'rinda yakunlab, o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar