«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas shu yozda Madridning «Real» klubiga qaytmasligi mumkin. 21 yoshli futbolchi o'zi uchun qadrdon bo'lgan klubda to'p tepishni orzu qiladi, biroq u erga qulay va to'g'ri vaqtda qaytishni istamoqda, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Argentinalik futbolchining fikricha, doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish va o'sishda davom etish uchun «Komo»da yana kamida bir mavsum o'tkazish uning faoliyati uchun foydaliroq bo'ladi. O'yinchining ortga qaytarilishi bo'yicha yakuniy qarorni «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino qabul qiladi.

Nikolas Pas 2024 yilning yozida «Real»dan «Komo» safiga ko'chib o'tgan edi. «Qirollik klubi» ushbu yozda birinchi navbatdagi qayta sotib olish huquqidan foydalangan holda, chiqib kelayotgan yulduzni 9 million evro evaziga ortga qaytarishi mumkin.