Pas bo'yicha «Real» va «Komo» o'rtasidagi muzokaralar sanasi ma'lum bo'ldi

Madridning «Real» va Italiyaning «Komo» klublari qachon yarim himoyachi Nikolas Pasning kelajagini muhokama qilishlari ma'lum bo'ldi.
Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ta'kidlashicha, klublar Pasning kelajagini hal qilish uchun payshanba kuni uchrashishadi. Biroq avvalroq «qaymoqranglilar» «Komo»ga argentinalik futbolchini keyinchalik foydaliroq sotish maqsadida qaytib sotib olish niyatida ekanliklarini norasmiy tarzda ma'lum qilishgan edi. «Real» 60 million evro atrofida narx belgilashi kutilmoqda. Payshanba kuni «Komo» Pasni yana kamida bir mavsumga olib qolish uchun so'nggi bor urinib ko'radi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli xavbek barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar