«Parma» Sudzukini 30 million evroga baholamoqda

Yaponiyalik darvozabon Dzion Sudzuki Frantsiyaning «PSJ» klubi qiziqishiga sabab bo'ldi va «Parma» bu qiziqishdan yaxshigina daromad olishga tayyor. Garchi avvalroq xabar berganimizdek, nufuzli Transfermarkt portali darvozabonning narxini yigirma million evro deb baholagan bo'lsa-da, «Parma»ning talabi ancha yuqori — ular futbolchini o'ttiz million evroga baholashmoqda.
Shu bilan birga, Sudzuki uni o'z safida ko'rishni istagan Angliyaning «Lids» klubiga rad javobini berib ulgurdi. Ammo «Aston Villa»ga hali rad javobi berilmagan — Unai Emeri boshqarayotgan klub ham yaponiyalik posbonni taklif etishdan manfaatdor, deya xabar beradi derbyderbyderby.it.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar