"Parma" 38 yoshli Guaita bilan shartnoma imzoladi

"Parma" 38 yoshli darvozabon Visente Guaita bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2026 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq jamoaning asosiy darvozaboni Zion Sudzuki qo'lini sindirib olgan edi va u 3-4 oyni o'tkazib yuboradi.
Guaita so'nggi ikki mavsumni "Selta"da o'tkazdi. Faoliyati davomida u "Kristal Pelas," "Valensiya" va "Xetafe" klublarida ham o'ynagan.