"Parij" yozgi transferlar vaqtida Kanteni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rdi

Frantsiya oliy divizioniga ko'tarilgan "Parij" o'tgan transferlar davrida "Al-Ittihod"dan yarim himoyachi Ngolo Kanteni sotib olishga urinib ko'rdi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Qayd etilishicha, muzokaralarda "Parij" klubi xo'jayini hisoblangan frantsiyalik biznesmen Antuan Arnoning shaxsan o'zi ishtirok etgan. Oxir-oqibat Saudiya klubi tomonidan qo'yilgan shartlar tufayli transfer amalga oshmadi.
O'tgan yozda Frantsiya chempionatiga Kante kabi JCh-2018 chempioni bo'lgan Florian Toven, Olive Jiru va Pol Pogba qaytgandi.