Paredes Emboloning qizil kartochkasi haqida o'z fikrini bildirdi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes JCh-2026 chorak finali doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o'yinda (3:1) hujumchi Breel Emboloning chetlatilishiga munosabat bildirdi.
Uchrashuv bosh hakami Joau Pineyru dastlab Embologa nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Paredesga sariq kartochka ko'rsatgan edi. Biroq takroriy lavhani ko'rib chiqqandan so'ng, hakam qarorini o'zgartirdi: argentinalik futbolchiga berilgan ogohlantirishni bekor qilib, shveytsariyalik o'yinchiga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko'rsatdi. Ushbu kartochka Embolo uchun o'yindagi ikkinchisi bo'ldi.
«Bu erda nima haqida bahslashish mumkinligini tushunmayapman. Qoidalar aniq. Raqib o'yinchisi simulyatsiya qildi, men unga tegmadim. Qaror to'g'ri qabul qilindi», – dedi Paredes.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar