Singapurda davom etayotgan para suzish bo'yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari nihoyasiga etdi.

Ma'lum qilganimizdek, kechgi dasturda terma jamoamizning ikki a'zosi — Azizbek Boynazarov (S8) va Mubinabonu Xalilova (S13) final bosqichida startga chiqdi.

Boynazarov 100 m masofaga chalqancha suzish dasturi finalida 1:11.15 soniyada marraga etib kelgan bo'lsa, Xalilovaning 100 m masofaga brass usulida suzish bellashuvlaridagi yakuniy natijasi 1:23.56 soniya bo'ldi.

Shunday qilib, bugun chiqish qilgan Azizbek Boynazarov va Mubinabonu Xalilova o'z dasturlarida ettinchi natijani qayd etishdi.

Sportchilarimizning musobaqadagi ishtiroki ertaga davom etadi.