Para engil atletika. Jasur Xo'jaev – jahon chempioni

O'zbekiston para engil atletika terma jamoasi Nyu-Delida davom etayotgan Jahon chempionatida yana bir medalga ega chiqdi.
Erkaklar o'rtasida F32 toifasida yadro uloqtirish bahslari finalida qatnashgan hamyurtimiz Jasur Xo'jaev o'z urinishlari davomida 9.96 m masofani bo'ysundirib, mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etish bilan birga jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F32)
Jasur Xo'jaev (O'zbekiston) - 9.96
Atanasios Konstantinidis (Gretsiya) - 9.65
Mohamed Najib (Jazoir) - 9.56.