Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Jan-Per Papen hozirda "rossonerilar" sharafini himoya qilayotgan Adrien Rabioni yuqori baholaydi. Papen Rabioni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb hisoblaydi.

"Rabio bilan u "Marsel"da o'ynab yurganida yaxshi tanishganman. U hozirda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. U himoyalanmoqda, gollar urmoqda, texnik jihatdan mohir - hammasi a'lo darajada. Unda hammasi joyida", - deya Papenning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Qizig'i shundaki, Papen xuddi Rabio kabi o'tmishda "Marsel"da ham to'p tepgan.