O'tmishda mashhur bo'lgan frantsiyalik hujumchi Jan-Per Papen "Oltin to'p-2025" natijalari haqida gapirdi. Jurnalistlarning ovoz berish natijalariga ko'ra, nufuzli mukofotni "PSJ" vingeri Usmon Dembele qo'lga kiritdi.

"Mukofotni qo'lga kiritganidan so'ng, Dembele uchun eng qiyin davr boshlanadi. U o'z zimmasiga katta mas'uliyat oldi. Endi uning o'yiniga yanada sinchkovlik bilan qaraladi. Unga qarshi endi ilgarigidek harakat qilishmaydi," - deya sobiq futbolchining so'zlarini RMC Sport keltiradi.

"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 22 sentyabr kuni bo'lib o'tdi. Birinchi o'rinni Dembele, ikkinchi o'rinni Lamin Yamal, uchinchi o'rinni Vitinya egalladi.