Pap Tiav: "Senegal Frantsiyani mag'lub etmoqchi edi va bu ko'rinib turdi"

Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pap Tiav JCh-2026da Frantsiyadan uchralgan mag'lubiyatdan (1:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz bu o'yinda g'alaba qozonishni juda ham xohlagandik va bu ko'rinib turdi. Afsuski, bizga samaradorlik etishmadi, jahon chempionatida esa hamma narsani mayda detallar hal qiladi. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, lekin muhim vaziyatlarda to'pni yo'qotdik. Bunga yo'l qo'yib bo'lmasdi.
Natija biz kutgandek bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda bir nechta jamoaviy xatolarga yo'l qo'ydik va bu yakunda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Himoyada katta vaqt davomida yaxshi ko'rindik, ammo to'p ustidan nazoratni yo'qotgan va buning uchun jazolangan vaziyatlarimiz ham bo'ldi.
Bunday turnirda qiynalish — tabiiy hol. Mag'lub bo'lishni boshlaganimizda, vaziyatni o'zgartirishga va hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Norvegiyaga qarshi keyingi o'yinda yanada agressiv bo'lishimiz kerak», – dedi Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi.