Palmer Rosenorning «Chelsi»dagi uslubini tushuntirib berdi

«Chelsi» futbolchisi Koul Palmer jamoaning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenor haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Ko'klar» yangi ustoz qo'l ostida to'qqizta o'yindan ettitasida g'alaba qozonishdi, Premer-liga doirasida esa barcha to'rtta uchrashuvni o'z foydalariga hal qilishdi. Shanba kuni londonliklar Palmerning xet-trigi evaziga safarda «Vulverxempton»ni mag'lub etishdi (3:1).
«Rosenor qo'l ostida o'ynash — shunchaki hayratlanarli, u bizga katta ishonch bag'ishlamoqda. Murabbiy bizga erkin o'ynashga imkon beradi, har kim maydonda o'zligini ko'rsata oladi», – dedi «bo'rilar» bilan bahs qahramoniga aylangan yulduz yarim himoyachi BBC telekanaliga bergan intervyusida.