«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer London klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor haqida o'z fikrini bildirdi.

«Rosenor — yaxshi murabbiy. Qachonki u normal mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini o'tkaza olsa hamda o'z g'oyalari va joriy qilmoqchi bo'lgan o'yin uslubini jamoaga to'g'ri etkazib bera olsa, u top-murabbiyga aylanadi», — deya Palmerning so'zlarini Fabritsio Romano keltiradi.

Liam Rosenor shu yilning yanvar oyida «Chelsi» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Ayni damda London klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 32 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinni egallab turibdi.