Palmer Rojersning rekord darajadagi transferiga izoh berdi

Londonning «Chelsi» klubi yulduz xavbeki Koul Palmer Morgan Rojersning «aristokratlar» safiga o'tganiga o'z munosabatini bildirdi.
«Eng yaqin do'stlarimdan biri bilan «Chelsi»da birga o'ynash», — deb yozdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda va xabariga bir nechta ko'k yurakchalarni qo'shdi.
Rojers London jamoasiga Birmingemning «Aston Villa» klubidan 137 million evro evaziga o'tdi. 23 yoshli yarim himoyachi poytaxt klubi bilan 2033 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.
APLning o'tgan mavsumida Morgan 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinger o'z hisobiga 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar