Palmer «Real», «MYu» va «Bavariya» nishonida

Yarim himoyachi Koul Palmer Londonning «Chelsi» klubini tark etish haqida o'ylamoqda, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Britaniyalik jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, yulduz futbolchining ehtimoliy transferi xaridorga taxminan 170 million evroga tushadi. Avvalroq matbuotda Palmerga Madridning «Real», «Manchester Yunayted» va Myunxenning «Bavariya» klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 23 yoshli yarim himoyachi 20 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Koulning «aristokratlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.