Palmer Chempionlar Ligasi uchrashuvini o'tkazib yuboradi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning ma'lum qilishicha, yarim himoyachi Koul Palmer Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
"Bu hozircha ish jarayonining bir qismi. U uch kun ichida ikkita o'yin o'tkaza olmaydi, shuning uchun biz uning "Atalanta" bilan o'ynamasligini rejalashtirganmiz. Bu uni asrashning bir usuli," - dedi Mareska.
APLning o'tgan turida "Bornmut"ga qarshi o'yinda (0:0) Palmer "Chelsi"ning asosiy tarkibida maydonga tushib, 58 daqiqa o'ynadi va zaxiraga olindi.