Palmer "Chelsi" umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer oyoq barmog'idan olgan jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Xabar qilinishicha, o'tgan hafta Palmer uyida jimjilog'ini urib olgan. "Chelsi" xavbekning tezroq tiklanishi uchun unga maxsus butsa tayyorlab berdi.
Bugun Sky Sports News’ning xabar berishicha, Palmer mashg'ulotlarning bir qismini "Chelsi"ning umumiy guruhida o'tkazgan.
Futbol bo'yicha Evropa Chempionlar Ligasining 5-turida "Chelsi" 25 noyabr, seshanba kuni "Barselona" bilan o'ynaydi. 30 noyabr kuni "ko'klar" APLda "Arsenal" bilan o'ynaydi.