Palmer "Chelsi" muxlislarini xursand qiladigan xabar aytdi

Ma'lumotlarga qaraganda, "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer tez orada safga qaytadi. Ijtimoiy tarmoqlarda "aristokratlar" etakchisi fotosuratlar to'plamini, jumladan, "Stemford Brij" stadionidan olingan suratlarni e'lon qildi.
"Tez orada qaytaman," - deb yozib qo'ydi Palmer surat ostiga.
Xabaringiz bor, Koul Palmer "Chelsi"ning "Vest Xem" (5:1) va "Fulxem" (2:0) ustidan qozonilgan so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Bu o'yinlarning birinchisi oldidan Palmer o'zini noqulay his qildi va uni asosiy tarkibdan chiqarishdi.