"Chelsi" hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer yil boshidan buyon Premer-ligadagi ilk golini urdi.

23 yoshli futbolchi kecha bo'lib o'tgan "Brentford"ga qarshi 4-tur o'yinining 61-daqiqasida gol urib, tabloda 1:1 hisobini o'rnatdi. Bu gol "ko'klar" etakchisi uchun Angliya chempionatida 14 yanvardan buyon penaltidan tashqari birinchi gol bo'ldi. Shu tariqa, yulduz sakkiz oy davomida APL o'yinlaridan darvozani ishg'ol etmagandi.

Koul Palmer 2024/25 yilgi mavsumda Premer-liganing 37 o'yinida 15 ta gol urgan.