"Atalanta" bosh murabbiyi Raffaele Paladdino jamoasining Italiya chempionati 18-turidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Atalanta" o'z maydonida 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Yagona gol 12-daqiqada Jorjio Skalvini hisobiga yozildi.

"Biz "Atalanta"ning haqiqiy o'yinini ko'rsatdik - shiddat va jasorat bilan. Aynan shuni talab qilgandim, shunga tayyorgarlik ko'rgandik va yigitlarim bilan juda faxrlanaman," - dedi Palladino Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

Ushbu g'alaba evaziga "Atalanta" turnir jadvalida sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oldi.