«Atalanta» himoyachisi Marko Palestra faqat Milanning «Inter» klubiga o'tishni istamoqda. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, «Inter» ushbu transferni qisqa fursat ichida yakunlashni maqsad qilgan. Futbolchining agenti bugun yoki ertaga Milan shahriga etib kelishi kutilmoqda.

Klublar o'zaro muzokaralarni davom ettirishmoqda va doimiy aloqada bo'lib turishibdi. Ayni paytda transfer qiymati taxminan 50 million evro atrofida baholanmoqda. Ta'kidlanishicha, «Inter» rahbariyati ushbu kelishuvning ijobiy yakunlanishiga to'liq ishonmoqda va vaziyatga optimistik ruhda qaramoqda.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» sharafini himoya qildi va u erda muntazam ravishda maydonga tushib turdi. 21 yoshli futbolchi jami 37 ta uchrashuvda qatnashib, «gol+pas» tizimida 5 ochko (1 ta gol va 4 ta assist) jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: Stadion.uz