Paket jarimaga tortilishi mumkin

Angliyaning "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa mahalliy futbol rahbariyati tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.
Manbaga ko'ra, futbolchi iyul oyida kelishilgan o'yinlar ishi bo'yicha oqlangan, biroq tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun jazo olish xavfi bor. Javobgarlik bo'yicha yozma asoslar shu hafta e'lon qilinadi, jazoning maksimal miqdori esa 172 ming evrodan oshmaydi, bu braziliyalikning haftalik maoshini tashkil qiladi.
Shuningdek, Paketa Angliya futbol assotsiatsiyasidan sud xarajatlari uchun kompensatsiya olishi yoki olmasligi ham tez orada ma'lum bo'ladi. Uning hajmi taxminan 1,1 million evroni tashkil qilishi mumkin.