Ozarbayjon kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Qorabog'" - "Sabah" ilk uchrashuvi o'tkazildi. Bahsda 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Mezbonlar safida Kadi dubl qayd etgan bo'lsa, mehmonlardan hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.

22 yoshli yarim himoyachimiz bellashuvni to'liq maydonda o'tkazdi.

22 aprel kuni jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi o'tkaziladi.

Ozarbayjon kubogi. Yarim final. Ilk o'yin
03.04.2026, 21:00. Azersun (Boku)
Qorabog' - Sabah - 2:2
Gollar: 23' 0:1 - U. Rahmonaliev, 29' 1:1 - Kadi, 60' 2:1 - Kadi, 65' 2:2 - U. Rahmonaliev.

Manba: www.stadion.uz.
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.