«Real Sosedad» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabalni «Barselona»ga o'tishi bilan bog'lashda davom etishmoqda.

29 yoshli futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning Xulian Alvares bo'yicha muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda, «zahiradagi» transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ispaniyalik forvardning JCh-2026 turniridagi yorqin o'yini uning ehtimoliy transferi haqidagi gap-so'zlarga qo'shimcha bahona bo'ldi.

«Men «Real Sosedad»da juda baxtli ekanligimni aytgandim. Bu mening uyim. Bu klub meni hatto eng qiyin daqiqalarda ham qo'llab-quvvatlagan. Aynan «Real Sosedad» tufayli men hozir shu erda, Ispaniya terma jamoasidaman», — dedi Oyarsabal jurnalistlar bilan suhbatda.

6 iyul kuni «qizil furiya» JCh-2026 1/8 final uchrashuvida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz