Oyarsabal bitta Jahon chempionatida kiritilgan gollar soni bo'yicha Ispaniya terma jamoasi rekordini takrorladi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Jahon chempionati-2026 yarim finali doirasida Frantsiyaga qarshi kechgan o'yinda gol urdi.
«Real Sosedad» forvardi hisobida JCh-2026 da urilgan beshta to'p bor. Oyarsabal shu tariqa bitta Jahon chempionatida kiritilgan gollar soni bo'yicha Ispaniya terma jamoasi hujumchilari rekordini takrorladi.
Avvalroq, ushbu natijaga Emilio Butrageno (JCh-1986) va David Vilya (JCh-2010) erishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar