Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouen Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

41 yoshli futbolchi guruh bosqichining 1:1 hisobida yakunlangan DR Kongoga qarshi birinchi tur uchrashuvida gol ura olmadi.

«Albatta, Messining xuddi shundan sal oldin xet-trik qayd etgani unga yordam bermadi, ammo men tanqidlarga qo'shilmayman. Krishtianu doimo shunday bo'lmaganmi? Ayniqsa, so'nggi yillarda. U hech qachon jamoaviy o'yinga faol jalb qilinmagan, ammo muhim pallada hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Ronaldu gol urmaganida hamma narsada uni ayblash juda oson. Ammo u keyingi o'yinning o'zidayoq tanqidchilarning og'zini necha marta yumgan? Agar u O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda xet-trik bilan javob qaytarsa, hayron qolmayman», — deya Ouenning so'zlarini keltiradi Goal.

Portugaliya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi bahs 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz