Ouen nima uchun Keynni Angliya tarixidagi eng buyuk hujumchi deb hisoblashini tushuntirdi

O'tmishning mashhur ingliz futbolchisi Maykl Ouen Xarri Keynning o'yini unda hujumchilar haqidagi fikrini qanday qilib o'zgartirishga majbur qilgani haqida gapirib berdi.
«Yoshligimda to'purarlar shunchaki tug'ma iste'dod egasi bo'lishadi, deb o'ylardim. Ammo Xarrining barcha yutuqlarini hisobga olsam, u bugungi darajadagi futbolchi bo'lib tug'ilgan, deb o'ylamayman. Aynan shu sababli ham men uni hech qanday ikkilanishsiz tarixdagi eng buyuk ingliz hujumchisi deb atayman», — deya Ouenning so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Ekspertning fikriga ko'ra, «Bavariya» forvardi jismoniy emas, balki ruhiy (psixologik) iste'dodga ega. Keyn tug'ma tezlik yoki jismoniy kuch evaziga emas, balki tinimsiz va mashaqqatli mehnati tufayli mashhur futbolchiga aylandi.
Jahon chempionati — 2026 musobaqasida Keyn uchta gol urib, Angliya terma jamoasining «L» guruhida birinchi o'rinni egallashiga yordam berdi. Oldinda inglizlarni mundialning 1/16 finali doirasida Kongo Demokratik Respublikasiga (Kongo DR) qarshi o'yin kutmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar