“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen “Manchester Yunayted”ning so'nggi natijalari haqida gapirdi.

“Men shunchaki uchqun qaerdan paydo bo'lishini bilmayman. Bu ertami-kechmi paydo bo'ladi. “Manchester Yunayted” yaqin 10 yil ichida chempion bo'ladi, to'g'rimi? Hech kim bu imkonsiz deb ayta olmaydi.

Bu to'rt yil ichida sodir bo'lishi mumkin. Yoki 8 yil ichida amalga oshishi ehtimoli bor”, - dedi “MYu”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinandning podkastida.