Frantsiya terma jamoasi Shvetsiya milliy jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib, 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finaliga yo'l oldi (3:0). «Uchranglilar»ning ushbu muvaffaqiyatiga Angliya terma jamoasining sobiq mashhur futbolchisi Maykl Ouen munosabat bildirdi.

«Kecha oqshom frantsuzlar yuqori mahorat namoyish etishdi. To'rt yil avval ular dunyoning eng yaxshi jamoasi edi. Ushbu mavsumda ham ular, shubhasiz, katta farq bilan eng zo'ri bo'lib qolmoqdalar», — deb yozdi Ouen ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, skandinaviyaliklar darvozasiga urilgan gollardan ikkitasiga Frantsiya terma jamoasi hujum etakchisi, klub darajasida Madridning «Real» klubi sharafini himoya qiluvchi Kilian Mbappe mualliflik qildi. Yana bir golni esa «PSJ» vingeri Bredli Barkola o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Mundialning 1/8 finalida Dide Desham shogirdlari Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz