Ouen: "Dyokereshning ko'plab zaif tomonlarini ham ko'rmoqdaman"

Mashhur sobiq ingliz hujumchisi Maykl Ouen "Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokeresh haqida gapirdi.
Shvetsiyalik futbolchi yaqinda "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) da ikki marta gol urdi va o'z o'yini uchun ko'plab ijobiy baholarga sazovor bo'ldi.
"Menga Dyokereshning o'yini juda yoqadi, lekin men ko'plab zaif tomonlarini ham ko'rmoqdaman. Menimcha, biz uning "Arsenal"dagi uzoq muddatli kelajagi haqida faqat bitta o'yinga asoslanib xulosa chiqarishimiz kerak emas.
U haqida hali ham savollar bor", - dedi Ouen.