Otabek Umarov FIA Senati tarkibiga kirdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Senati tarkibiga kirdi. Mazkur tayinlov tufayli Otabek Muhammadalievich tashkilotning oliy boshqaruv organi faoliyatida ishtirok etadi.
O'zbekiston vakilining ushbu nufuzli tuzilma tarkibiga kirishi mamlakatimizda avtomobil sporti va mobillik sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun, Senat FIA Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi organ hisoblanib, tashkilot taraqqiyoti yo'lida muhim bo'g'in vazifasini bajaradi.
Manba: olympic.uz