O'zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov yana legionerga aylanishi mumkin.

Uzbekistan Legionaries telegram-kanalining UAEKICK nashriga tayanib xabar berishicha, 29 yoshli futbolchimizga BAAning "Baniyas" klubi qiziqish bildirmoqda.

Shukurov joriy yilning boshida Saudiyaning "Al-Fayha" jamoasini tark etgan edi. Shundan buyon u erkin agent bo'lib turibdi.

"Baniyas" safida hozirda milliy jamoamizning yana bir futbolchisi Akmal Mozgovoy to'p tepmoqda.

Manba: www.stadion.uz.