Kot-d'Ivuarlik mashhur himoyachisi Serj Ore Eronda gepatit B kasalligini yuqtirib oldi. Bu haqda L'Equipe yozmoqda.

Kasallik tufayli Ore yaqin olti oy davomida futbol o'ynay olmaydi. Eslatib o'tamiz, himoyachi shu yozda Eronning "Persepolis" klubi futbolchisiga aylangan edi.

32 yoshli Ore "Transfermarkt" portalida bor-yo'g'i 1,5 mln evroga baholamoqda. Tajribali futbolchi o'z mamlakati terma jamoasi safida yuzga yaqin o'yin o'tkazgan.

Shuningdek, Ore faoliyati davomida "Tottenxem", "Vilyarreal", "Tuluza", "Galatasaroy" va boshqa futbol klublarida o'ynagan.