Osimxen: "Del Pero barcha davrlarning eng buyuk o'yinchilaridan biridir"

"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen Alessandro Del Pero bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
Nigeriyalik futbolchi "Yuventus"ning sobiq sardori bilan jamoalarning Chempionlar ligasidagi o'yinidan so'ng uchrashdi. "Galatasaroy" ikki o'yin natijasiga ko'ra (5:2, 2:3) Turin klubini musobaqadan chiqarib yubordi.

O'yindan so'ng Viktor o'z storisida italiyalik afsona bilan tushgan suratini joylashtirdi va shunday deb yozdi: "Barcha davrlarning eng buyuk o'yinchilaridan biri — Del Pero bilan uchrashish baxtiga muyassar bo'ldim".