Opta Analyst ma'lumotlariga ko'ra, turnirning asosiy favoriti — Frantsiya. Ularning jahon chempionatida g'alaba qozonish imkoniyati 33,81% ni tashkil etadi.

Mundialdagi ikkinchi asosiy da'vogar — Ispaniya. Luis de la Fuente shogirdlarining chempion bo'lish ehtimoli 24,16% ga baholanmoqda. Angliyaning g'alaba qozonish ehtimoli 21,97%, Argentinaniki esa 20,06% ni tashkil etadi.

Jahon chempionatining yarim final o'yinlari 14 va 15 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Birinchi kuni Frantsiya Ispaniyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi kuni Angliya va Argentina o'zaro to'qnash keladi.

Manba: Stadion.uz