Opta statistik tahlil platformasi ma'lumotlariga ko'ra, «el-klasiko»dagi 2:1 hisobidagi g'alabadan so'ng «Real Madrid» Ispaniya chempionligi uchun asosiy nomzodga aylandi.

Madridliklar turnir jadvalida «Barselona»dan 5 ochkoga oldinda bormoqda va superkompyuter ularning chempionlik ehtimolini 68,9% deb baholagan.

Bu ko'rsatkich «Barselona»ning titul olish imkoniyatidan ikki barobar yuqori — 25,7%.

Shuningdek, tahlil natijasiga ko'ra:

  • «Atletiko» chempion bo'lish ehtimoli — 3,4%,

  • «Vilyarreal» uchun — 1,4%,

  • qolgan jamoalarning imkoniyatlari esa 1% dan ham kam.