Opta mutaxassislari Xolandning JCh-2026dagi o'ziga xos jihatini ochiqlashdi

Opta statistika mutaxassislari Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland haqida qiziqarli ma'lumot e'lon qilishdi. Ma'lum bo'lishicha, Xoland 2026 yilgi jahon chempionatida quyidagi barcha shartlarni bajargan yagona futbolchi hisoblanadi:
-
chap oyoqda gol urgan;
-
o'ng oyoqda gol urgan;
-
bosh bilan gol urgan;
-
jarima maydoni ichidan gol urgan;
-
jarima maydoni tashqarisidan gol urgan.
Erling Xoland joriy mundial to'purarlar reytingida Kilian Mbappe bilan birgalikda ikkinchi o'rinni (7 tadan gol) bo'lishib turibdi. Ro'yxat tepasida 8 ta gol urgan Lionel Messi bormoqda.
Jahon chempionatining 1/4 finalida Norvegiya terma jamoasi Angliyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar