Opta "Manchester Yunayted" APLda qancha ochko to'plashini bashorat qildi

Opta Analyst kompaniyasi "Manchester Yunayted"ning Premer-ligadagi ishtiroki bo'yicha bashorat berdi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, Ruben Amorim jamoasi 47 ochko to'playdi. Bu esa klubga 14-o'rinni egallash imkonini beradi.
Opta Analyst bashoratiga ko'ra, "MYu"dan bir pog'ona yuqorida "Nottingem Forest," pastroqda esa "Fulxem" joylashadi.
Bashoratlarga ko'ra, "Liverpul" 80 ochko bilan chempion bo'ladi. Ikkinchi o'rinni "Arsenal," uchinchi o'rinni esa "Chelsi" jamoasi egallaydi. "Manchester Siti" to'rtinchi o'rinda tugatadi. Opta Analyst ma'lumotlariga ko'ra, "Sanderlend," "Vulverxempton" va "Bernli" APLdan tushib ketadi.