Opta JCh-2026da Mbappe va Xolandning ko'rsatkichlarini taqqosladi

26 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Frantsiya terma jamoasi Norvegiya bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvning bosh bezagi Kilian Mbappe va Erling Xoland to'qnashuvi bo'lishi kutilmoqda.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, turnirning dastlabki ikki o'yinidan so'ng har ikki superhujumchining statistikasi quyidagicha ko'rinish olgan:
-
Gollar: Mbappe — 4, Xoland — 4
-
xG (kutilgan gollar): Mbappe — 1.99, Xoland — 2.68
-
Zarbalar: Mbappe — 12, Xoland — 10
-
Darvozaga aniq borgan zarbalar: har ikkisida 7 tadan
-
Raqib jarima maydonchasi ichida to'pga teginish: Mbappe — 17, Xoland — 16
-
Aldamchi harakatlar (dribling): Mbappe — 14, Xoland — 1
Frantsiya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da chalinadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar