Opta nashri "Barselona"ning Chempionlar Ligasi o'yinlarida doimiy gol urib kelayotganiga e'tibor qaratdi.

Nashrning yozishicha, "ko'k-anorranglilar" turnirning so'nggi 24 ta o'yinida kamida 1 tadan gol urgan (jami 67 ta gol).

Bu hozirda EChLda ishtirok etayotgan jamoalar orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich.

Bugun kataloniyaliklar Londonda "Chelsi" mehmoni bo'ladi.