Opta superkompyuteri Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlangach, uning natijalari bo'yicha prognozni yangiladi.

"Arsenal" chempionlik uchun 28,3% ehtimol bilan turnirning yaqqol favoriti hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda "Bavariya" bormoqda - uning imkoniyatlari deyarli ikki baravar past (15,9%), kuchli uchlikni "Manchester Siti" (10%) yakunlamoqda.

EChLning amaldagi g'olibi "PSJ" Opta reytingida 6,1% ehtimollik bilan 7-o'rinda bormoqda.

OPTA versiyasi bo'yicha EChL-2025/26 favoritlari:

1. «Arsenal» – 28,3%

2. «Bavariya» – 15,9%

3. «Manchester Siti» – 10%

4. «Barselona» – 8,8%

5. «Liverpul» – 7,4%

6. «Chelsi» – 6,3%

7. «PSJ» – 6,1%

8. «Real» – 3,2%

9. «Nyukasl» – 3%

10. «Inter» – 2,6%

11. «Atletiko» – 2,1%

12-13. «Tottenxem» – 1,5%

12-13. «Sporting» – 1,5%