Opta tahliliy portali Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani shakllantirdi.

Opta Analyst talqini bo'yicha APL mavsum terma jamoasi:

  • Darvozabon: David Rayya («Arsenal»);

  • Himoyachilar: Adrien Tryuffer («Bornmut»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Vilyam Saliba («Arsenal»);

  • Yarim himoyachilar: Mateus Nunes («Manchester Siti»), Deklan Rays («Arsenal»), Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Dominik Soboslai («Liverpul»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»);

  • Hujumchilar: Rayan Sherki («Manchester Siti»), Erling Xoland («Manchester Siti»).

Eslatib o'tamiz, Londonning «Arsenal» klubi 38 o'yinda 85 ochko jamg'argan holda Angliya chempioniga aylandi.