Kamerunlik darvozabon Andre Onana “Manchester Yunayted”ni tark etadi.

29 yoshli futbolchi Turkiya chempionatiga o'tmoqda va u erda "Trabzonspor"da o'ynaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Onana sotib olish optsiyasisiz ijara evaziga yangi klubi sharafini himoya qiladi.

Kamerunlik dastlab ikkilanib turdi, ammo oxir-oqibat yangi chaqiruvni qabul qilishga qaror qildi.

Andre 2023 yilning yozida "qizil iblislar" futbolchisiga aylangandi.