"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana jamoa "Antverpen"dan Senne Lammensni sotib olayotganidan xavotirda emas.

Kamerunlik golkiper joriy mavsumda ham klubda qolib, asosiy tarkib futbolchisi bo'lishiga ishonchi komil. U ketish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqchi emas.

Avvalroq, "Inter" Onanani qaytarishga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.