Onana yaqin kunlar ichida yangi klubi safida maydonga tushadi

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana Turkiyaga o'tishga tayyor. "Trabzonspor" kamerunlik futbolchini qo'lga kiritishga yaqin turibdi, u allaqachon "qizil iblislar" bilan ijara bo'yicha kelishuvga erishgan.
Jurnalist Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, Onananing o'zi bu harakatdan manfaatdor va kelishuv amalga oshishini istaydi.
"Trabzonspor" 29 yoshli darvozabonning 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Fenerbaxche"ga qarshi Turkiya chempionati doirasidagi o'yinda ishtirok etishiga umid qilmoqda.