Onana yaqin 24 soat ichida "Trabzonspor"ga o'tadi

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana yaqin 24 soat ichida agenti bilan Turkiyaga yo'l oladi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano.
29 yoshli kamerunlik futbolchi 2026 yilning iyunigacha ijara asosida "Trabzonspor"ga o'tadi. Kelishuvda sotib olish optsiyasi va ijara haqi mavjud emas.
Onana 2023 yildan beri "MYu"da o'ynamoqda. U 102 ta o'yinda maydonga tushib, 150 ta gol o'tkazib yuborgan.