Oltita terma jamoa JCh-2026dagi ishtirokini yakunladi

Qatar terma jamoasi «V» guruhida so'nggi o'rinni egallab, jahon chempionati bilan xayrlashdi. Xulen Lopetegi shogirdlari Shveytsariya (1:1), Kanada (0:6) va Bosniya va Gertsegovinaga (1:3) qarshi kechgan bahslarda bor-yo'g'i bir ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi, xolos.
Shu tariqa, ayni paytga kelib musobaqadagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlagan jamoalar soni 6 taga etdi. Dastlabki ikki tur yakunlariga ko'ra, Gaiti, Turkiya, Tunis, Iordaniya va Panama terma jamoalari pley-offga chiqish imkoniyatini butunlay yo'qotgan edi. Endilikda ushbu muvaffaqiyatsizlar ro'yxatiga Qatar ham qo'shildi.
Musobaqa taqvimiga ko'ra, yaqin soatlarda «S» va «A» guruhlarida ham so'nggi tur uchrashuvlariga start beriladi va unda ham bir qator jamoalarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, JCh-2026 musobaqasi 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar