"PSJ"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganidan keyin ko'proq pul ishlashni istamoqda. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ayni damda Dembelening maoshi 18 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga etadi, biroq hamkorlikni uzaytirish bo'yicha hozirdanoq muzokaralar olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, yangi shartnomaga ko'ra, Dembele "Oltin to'p" sohibi maqomidan foydalanib, daromadini oshirmoqchi.

Joriy mavsumda 28 yoshli frantsuz barcha musobaqalarda 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.