Olmo Yamalning Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatilganiga munosabat bildirdi

"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo jamoadoshi Lamin Yamalning terma jamoa qaydnomasidan chetlatilganiga munosabat bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" etakchisi chov sohasida noqulaylikni his qilmoqda. Chuqur tekshiruv davolash zarurligini ko'rsatdi.
"Oxir-oqibat, har ikki tomon ham futbolchiga yaxshi bo'lishi uchun hamma narsani qilishga intiladi. Agar Lamin hozir 100% tayyor bo'lmasa, unda muammo yo'q. Lamin "Barsa" uchun ham, terma jamoa uchun ham juda muhim futbolchi va u to'liq tayyor bo'lsa, bizga kerak. Ammo yo'q bo'lsa, bunga ko'nikishimiz kerak," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.